Bugun, 11-oktyabr kuni Andijon davlat universitetida General Anders Armiyasi O'zbekistonda tashkil etilganining 82 yilligiga bag'ishlangan "Umid yo'llari: Ozodlik odisseyasi" nomli ko'rgazmaning tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi.
Unda Polsha Respublikasining O'zbekiston va Tojikiston Respublikasidagi muvaqqat ishlari vakili janob Marchin Vakar, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi "Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi" direktori, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazining Andijon viloyati boʻlimi rahbari, Tarix fakulteti professor-o'qituvchilari hamda talabalari ishtirok etdi.
Tadbirni Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazining Andijon viloyati boʻlimi rahbari hamda Andijon davlat universiteti rektori Baxtiyorjon Akbaraliyevlar kirish so'zi bilan tantanali ochib berdi.
Tadbirda so'z olgan olimlar mamlakatimizda istiqlol yillarida tarixiy haqiqatni qaror toptirish, xususan, Vatanimiz ozodligi va erkinligi yo‘lida qurbon bo‘lgan xalqimiz farzandlari nomini tiklash, ularning hayoti va faoliyatini o‘rganish, tadqiq va targ‘ib etishga qaratilgan keng qamrovli ishlar olib borilayotganligi borasida so'z yuritildi va tadbir qatnashchilariga hujjatli film namoyish etildi.
Tadbir yakunida ko'rgazmaning ochilish marosimi munosabati bilan alvon tasmasi qirqildi.
Tadbirdan so'ng, ishtirokchilar universitet tuzilmasidagi "Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi"da bo'ldi. U yerda mehmonlar yurtimiz ozodligi, erkinligi va mustaqilligi uchun olib borilgan ko‘p yillik mashaqqatli kurashlar, Andijon tarixida bo‘lgan muhim voqealar va uning ozodligi yo'lida jonini fido qilgan insonlar hayoti bilan tanishdilar.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI