Mamlakatimiz xotin-qizlarini tadbirkorlik va ixtirochilik faoliyatiga keng jalb qilish, xotin-qizlarning tadbirkorlik faoliyatiga innovatsion yondashuvni joriy qilish, ularni o‘z biznes loyihalarini amalga oshirishlariga ko‘maklashish maqsadida bugun, Andijon davlat universitetida "Innowomenweek-2024" xotin-qizlarning innovatsion haftaligi doirasida "Yangi O'zbekistonning tadbirkor ayollari" shiori ostida ko'rgazmali tadbir va seminar bo'lib o'tdi.
Unda Andijon viloyatidagi oliy ta’lim muassasalarining ixtirochi ayollari hamda tadbirkor ayollari innovatsion loyiha va mahsulotlari bilan ishtirok etdi.
Tadbirni universitet rektori Baxtiyorjon Akbaraliyev xotin-qizlarning ixtirochilik va tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilish, intellektual mulklarini huquqiy muhofaza qilish to'g'risidagi fikrlari bilan tantanali ochib berdi.
Tadbir doirasida universitetning faollar zalida tashkil etilgan seminarda so'z olgan olima va tadbirkor ayollar tomonidan "Intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish", "Tadbirkor ayollar saflarini kengaytirish" mavzularida ma'ruzalar tinglandi.
Tadbir yakunida faol ishtirok etgan olima ayollar universitet rahbariyatining sertifikati va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI