Andijon Davlat
Universiteti
Viloyat hokimi Andijon davlat universitetining bitiruvchilari bilan uchrashdi
2024-10-10    197

Bugun, 10-oktyabr kuni Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov mas'ullar ishtirokida Andijon davlat universiteti bitiruvchilari bilan uchrashib, ochiq muloqot o'tkazdi. 

Uchrashuv avvalida viloyat rahbari talabalarni chuqur bilim egallashga, izlanishga chaqirib, viloyat hokimi sifatida bu borada kerakli sharoitlarni yanada yaxshilashga va yaratishga doimo tayyor ekanini bildirdi.

Talabalar bilan boʻlib oʻtgan samimiy muloqotda Shuhratbek Abdurahmonov boshqaruv organlari, hamda pedagog sohalarida ishlash masʼuliyatli ekanligi va oʻz ustida yanada koʻproq ishlash kerakligi toʻgʻrisida soʻz yurutdi.

Shuningdek, uchrashuv doirasida 7 nafar iqtidorli talabalar viloyat hokimining qimmatbaho esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi va ikki nafar talabaga istiqomat qilayotgan hududidagi maktablarda ishlashlari uchun yo'llanma berildi.

Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan uchrashuvda talabalarning takliflari, fikr-mulohazalari tinglandi. Bildirilgan takliflar asosida viloyat hokimi tomonidan mutasaddilarga bitiruvchilar bandligini ta'minlash, ularni ishga joylashishlariga ko'maklashish yuzasidan koʻrsatma va topshiriqlar berildi.

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.