Bugun, 8-oktyabr kuni Andijon davlat universitetining faollar zalida universitet rektori Baxtiyorjon Akbaraliyev Matematika va mexanika fakulteti birinchi bosqich talabalari bilan uchrashib, ochiq muloqot o‘tkazdi.
Uchrashuvda rektor keyingi yillarda mamlakatimizda oliy taʼlim tizimini isloh qilish, oʻqitishni xalqaro talablar darajasiga olib chiqish, malakali mutaxassislar tayyorlash, talaba yoshlarning oʻqib, puxta bilim olishi, oʻz iqtidor va salohiyatini yuzaga chiqarishi uchun barcha sharoitlar yaratib berilayotganligi hamda taʼlim tizimidagi islohotlar samaralari xususida soʻz yuritdi. Bu borada Andijon davlat universitetida ham zarur ishlar olib borilayotganligi taʼkidlandi.
Rektor va yoshlar uchrashuvida 200 dan ortiq faol yoshlar ishtirok etib, samimiy ruhda o‘tgan muloqotda yoshlarning fikr-mulohazalari eshitilib, talaba yoshlarning takliflari va muammolarini hal etish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi.
Rahbar va yoshlar oʻrtasidagi ushbu muloqot talabalarga oʻzlarining fikr va takliflarini erkin bildirish, universitetdagi qator muammolarni bartaraf etish imkonini berdi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI