Andijon Davlat
Universiteti
Andijon davlat universitetida 2024/2025-o'quv yilidagi 2-sonli Kengash yig'ilishi o'tkazildi
2024-10-07    155

Bugun, 7-oktyabr kuni Andijon davlat universitetining katta majlislar zalida universitet rektori Baxtiyorjon Akbaraliyev raisligida 2024/2025-o'quv yilidagi 2-sonli Kengash yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Yig'ilish avvalida universitet rektori Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmon va qarorlari, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi buyruqlari bilan Kengash aʼzolarini tanishtirdi va jamoalarni ham qonunchilikdagi yangiliklar bilan tanishtirib borishni mas'ullarga vazifa qilib belgiladi.

Shundan so’ng, kun tartibidagi masalalar ko'rib chiqildi. Jumladan, ijtimoiy-himoyaga muhtoj, chin yetim, 1-2-3-guruh nogironligi boʻlgan, yashash hududida “Temir daftar” roʻyxatiga kiritilgan oila farzandlarini moddiy ragʻbatlantirish boʻyicha olib borilgan ishlar, xalqaro va Respublika miqyosida sport va maʼnaviy-maʼrifiy sohalarda yutuqqa erishgan talabalarni moddiy ragʻbatlantirish boʻyicha olib borilgan ishlar, Fakultetlarda oʻquv jarayonining tashkil etilishi bo'yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi hisobotlar tinglandi va tahlil qilindi.

Yig'ilish so'nggida Kengash a'zolarining savol va takliflari muhokama etildi va shu bo'yicha istiqbolda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar belgilab olindi.

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.