Ayni kunlarda yurtimizning barcha hududlarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari ketmoqda. Xususan, Andijon davlat universitetida ham mavsumga tayyorgarlik koʼrish borasida keng koʼlamdagi ishlar amalga oshirilmoqda.
Bugun, 7-oktyabr kuni Andijon davlat universiteti rektori Baxtiyorjon Akbaraliyev ta'lim muassasamizda kuz-qish mavsumiga tayyorgalik jarayonlari va hududdagi obodonlashtirish ishlarining bugungi holatini ko’zdan kechirdi.
O'rganishlar avvalida rektor yangi o'quv bino hududidagi qurilish ishlari, piyodalar yoʼlakchasi va maydonga yotqizilayotgan bruschatkalarni belgilangan vaqtda sifatli yakunlash bo‘yicha quruvchilarga tegishli topshiriqlarni berdi.
Shundan so'ng, universitetning o‘quv xonalari hamda talabalar turar joylariga mavsumda elektr energiya va issiqlik ta'minotini yetkazib berishda gaz, elektr, issiqlik tarmoqlari, qozonxonalari, qolaversa, ichimlik suv ta’minotining uskunalarini shay holatga keltirilganligi mas'ullar ishtirokida o'rganildi.
Universitet rektori mas'ullarga kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarini sifatli bajarib, talabalarga yetarlicha sharoit yaratib berish, mavjud muammo va kamchiliklarni tez fursatda bartaraf etish bo'yicha aniq ko‘rsatmalar berdi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI