Bugun, 3-oktyabr kuni Andijon davlat universitetida Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan yong’in xavfsizligi va favqulodda vaziyatlarning oldini olish yuzasidan targ'ibot tadbiri bo'lib o'tdi.
Dastlab, universitetning "Barkamol avlod" sport zalida yong’in xavfsizligi xodimlari tomonidan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko'rish, uni betalofat o'tkazish, is gazidan zaharlanish holatlari va chaqnash hodisalarining oldini olish, nosoz, qoʻlbola ochiq spiralli isitish moslamalaridan va yashash xonadonlarda noqonuniy va nosoz tabiiy gaz soʻrgʻich moslamalaridan umuman foydalanmaslik, aks xolda ular qanday salbiy oqibatlarga olib kelishi boʻyicha kerakli tavsiyalar, maslahatlar berib oʻtildi.
Tadbir doirasida boshqarma yong'in qutqaruv otryadi tomonidan texnikalar namoyishi, yong'in o'chirish asbob uskunalaridan qanday foydalanish kerakligi amaliy ko'rgazmalar orqali tushuntirib o'tildi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI