Bugun, 30-sentyabr kuni Andijon davlat universitetining faollar zalida Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Andijon davlat universiteti boshlangʻich tashkilotining hisobot yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Unda Andijon davlat universiteti o'quv ishlari bo'yicha prorektor Rustamjon Mullajonov, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Andijon viloyati Kengashi raisi Akmaljon Tangirqulov, universitet Yoshlar Kengashi raisi Omadbek Olimjonov, 30 yoshgacha boʻlgan ishchi-xodimlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Yigʻilish kun tartibida universitet Yoshlar yetakchisi, yoshlar masalalari boʻyicha rektor maslahatchisi Omadbek Olimjonovning 2023/2024 oʻquv yilidagi faoliyati boʻyicha hisoboti tinglandi. Universitet o'quv ishlari bo'yicha prorektor Rustamjon Mullajonov, viloyati Kengashi raisi Akmaljon Tangirqulov tomonidan boshlangʻich tashkilotning oʻtgan yildagi faoliyatiga ijobiy baho berildi.
Shuningdek, yigʻilishda Yoshlar Kengashi aʼzolari hamda fakultet koordinatorlari tasdiqlandi. Ularga guvohnomalar tantanali tarzda topshirildi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI