Andijon Davlat
Universiteti
Turkiya – O'zbekiston ta'lim forumi doirasida rektor Baxtiyorjon Akbaraliyev istiqbolli memorandumlar imzoladi
2024-09-28    177

ugun, 28-sentyabr kuni Istanbul shahrida ta'lim sohasidagi hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash maqsadida o'tkazilayotgan Turkiya-Oʻzbekiston uchinchi taʼlim forumining ikkinchi kuni bo'lib o'tmoqda.

Dastlab, Andijon davlat universiteti rektori, texnika fanlari doktori Baxtiyorjon Akbaraliyev Turkiyaning Ege universiteti rektori Nejdet Budak hamda Marmara universiteti rektori Dr.Mustafa Kurtlar bilan ikki tomonlama hamkorlik yo‘nalishlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarni muhokama qildi va istiqboldagi chora-tadbirlarni belgilab oldi.

Shuningdek, forum doirasida universitetimiz rektori Isparta universiteti rektori Yilmaz Çatal bilan uchrashib, ta'lim yo'nalishlarida qo'shma ta'lim loyihalarini amalga oshirish, o‘qituvchi va talabalarning akademik almashinuvi, oliy va professional ta’limda o‘zaro o‘quv jarayonlarini tashkil qilish, professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish, tajriba almashish, stajirovka o‘tash, ilmiy anjumanlar, birgalikda ilmiy loyihalarda ishtirok etish kabi yo‘nalishlarda hamkorlik memorandum imzoladi.

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.