Andijon Davlat
Universiteti
Universitet rektori Baxtiyorjon Bakirovich Turkiya – O'zbekiston uchinchi ta'lim forumida ishtirok etmoqda
2024-09-28    228

Joriy yilning 27-28-sentyabr kunlari Istanbul shahrida ta'lim sohasidagi hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash maqsadida Turkiya – O'zbekiston uchinchi ta'lim forumi bo'lib o'tmoqda.

Unda Oʻzbekistonning 30 ga yaqin OTM rektorlari, Turkiya davlatidan 60 ga yaqin OTM rahbarlari qatorida Andijon davlat universiteti rektori Baxtiyorjon Akbaraliyev ham ishtirok etmoqda.

Forum doirasida Turkiya va O‘zbekiston o‘rtasida ta’lim sohasidagi hamkorlikning asosiy masalalari, shuningdek, YUNESKOning jahon ta’limini rivojlantirishdagi rolini muhokama qilish, mamlakatlar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash va ta’lim sohasidagi tashabbuslar sifatini oshirish masalalari muhokama qilinib, ikki davlat universitetlarining hamkorligiga qaratilgan 50 yaqin shartnomalar, kelishuvlar va memorandumlar imzolanishi kutilmoqda.

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.