Andijon Davlat
Universiteti
“Adolat” partiyasi tomonidan ko‘rsatilgan nomzodlar va yosh saylovchilar ishtirokida uchrasuv o'tkazildi
2024-09-27    355

Bugun, 27-sentyabr kuni Andijon davlat universitetida O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi saylovoldi dasturi hamda deputatlikka nomzodlarni keng targ'ib qilish maqsadida "Teng imkoniyatlar va adolatli jamiyat sari" shiori ostida uchrashuv bo'lib o'tdi.


Dastlab, partiya vakillari tomonidan saylov kampaniyasining kelgusi faoliyati, dasturi, saylovoldi tashviqotining eng muhim vazifalari, oʻzining fuqarolik va siyosiy yoʻli bo'yicha ma'lumotlar berildi.

Uchrashuv davomida so'z olgan nomzodlar Oʻzbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining  2024/2029-yillarga mo'ljallangan “Teng imkoniyatlar va adolatli jamiyat sari!” dasturida belgilangan tegishli 9-yoʻnalishlari boʻyicha partiyaning asosiy maqsadini ishtirokchilarga tanishtirdi.

Shuningdek, jamiyatda qonun ustuvorligini taʼminlash, inson huquqlari ustuvorligiga erishish, har bir inson hayotida adolatni qaror toptirish orqali ijtimoiy muhofazalangan huquqiy davlat barpo etishga qaratilganligi , saylovoldi dasturida inson va uning huquq va erkinliklari ulugʻvorlik kasb etishiga alohida oʻrin ajratilganligi, adolat – har bir inson uchun tamoyiliga amal qilish yuqori maqsad qilib olinganligi takidlandi.

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.