Ma’lumki O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasining 7 ta va Yevropaning 3 ta universitetlari hamkorligida ERASMUS+ Higher Education Capacity Building loyihalari doirasida 101128871 — DEBSEUz — ERASMUS-EDU-2023-CBHE raqamli “Development of the targeted Educational program for Bachelors in Solar Energy in Uzbekistan (DEBSEUz)” xalqaro loyihasi amalga oshirib kelinmoqda.
Loyiha rejasida belgilangan vazifalarni bajarish maqsadida loyiha doirasida shu yilning 20-21 sentyabr kunlari Farg‘ona politexnika institutida “Staff training in solar energy: technologies, methods and tools” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi. Ushbu konferensiya O‘zbekiston va boshqa bir qator davlatlardan quyosh energetikasi bo‘yicha ko‘p yillik tajribaga ega, yuqori ilmiy tadqiqot natijalariga erishgan yetuk olimlarni ushbu sohadagi mavjud muammolar va ularning yechimlari yuzasidan o‘rtoqlashish maqsadida bir joyga to‘pladi. Ushbu konferensiyani tashkil etishdan asosiy maqsad O‘zbekistonda quyosh energiyasi bo‘yicha kadrlar tayyorlashning ayni vaqtdagi holati, texnologiyalari, usullari va vositalari bo‘yicha takliflarni o‘rganish va oliy ta’lim sohasida ulani tadbiq etishdan iborat. Bunda nafaqat oliy ta’lim muassasalaridan olimlar, balki soha korxonalaridan yetakchi mutaxassislar ham jalb etildi hamda sohada bugungi kunda quyosh energiyasi bo‘yicha mutaxassislarga bo‘lgan asosiy talab va takliflar o‘rganildi.
Shuningdek, Andijon davlat universitetini bir qator izlanuvchi olimlari, doktorant, magistrlari ushbu konferensiyada ishtirok etdilar, jumladan, Kondensirlangan muhitlar fizikasi professori, Qayta tiklanuvchi energiya manbalari laboratoriyasi mudiri Rayimjon Aliyev Xalqaro hamkorlik bo‘yicha konferensiya doirasida, dolzarb masalalar bo'yicha oʻz fikr-mulohazalarini bildirib oʻtdi.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, DEBSEUz loyihasi doirasida tashkil etilgan ushbu xalqaro konferensiyaga 100 dan ortiq maqolalar kelib tushgan. Xususan, barcha hamkor oliy ta’lim muassasalaridan ham maqolalar topshirilgan. Bu esa O‘zbekistonda bugungi kunda quyosh energiyasi va ushbu sohada kadrlar tayyorlash masalalari dolzarb masalalarga aylanib ulgurganligini isboti sifatida ko‘rish mumkin.
Konferensiya yuqori saviyada tashkil etilib, qizg‘in bahs va munozaralarga boy bo‘ldi. Buni DEBSEUz loyihasi doirasida erishilgan asosiy yutuqlardan biri bo‘ldi deb hisoblash mumkin.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI