Andijon Davlat
Universiteti
Imom Termiziy tavalludining 1200 yilligiga bag'ishlangan davra suhbati o'tkazildi
2024-09-23    112

Muqaddas islom dini ilmlari rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk olim, vatandoshimiz Imom Abu Iso Muhammad Termiziyning ulkan ilmiy merosini yanada chuqur o‘rganish, xalqimiz va jahon jamoatchiligi o‘rtasida keng targ‘ib etish, yosh avlodning ma’naviy-ruhiy olamini boyitish, ularning qalbida milliy iftixor, Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘usini yanada kuchaytirish maqsadida universitetda yozuvchilar hamda shoirlar ishtirokida davra suhbatlari, ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar, uchrashuvlar o'tkazilmoqda.

 

Bugun, 23-sentyabr kuni Andijon davlat universitetida Imom Termiziy tavalludining 1200 yilligini keng nishonlash maqsadida Filologiya fakulteti dekan o'rinbosari K.Shaxobov hamda talabalar ishtirokida Imom Termiziyning ibratli hayot yo'li va ilmiy merosiga bag'ishlangan davra suhbati tashkil etildi.

 

Uchrashuvda mas'ullar tomonidan mashhur muhaddislardan biri Imom Termiziyning hayot va ijod yo'llari, yozib qoldirgan asarlari haqida atroflicha ma'lumotlar berdi.

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.