Bugun, 20-sentyabr kuni Rossiya Federatsiyasining Milliy tadqiqot Tomsk davlat universitetining Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan hamkorlik aloqalari bo'yicha rektor maslahatchisi Sergey Mironovich Yun va dotsent Anastasiya Mixaylovna ilm-fan sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish maqsadida Andijon davlat universitetida bo'ldi.
Dastlab, xorijiy hamkor oliy ta'lim muassasasi vakillari universitet rektori Baxtiyorjon Akbariliyev qabulida bo'ldi. Uchrashuvda universitetlararo hamkorlikni yanada mustahkamlash, loyihalar doirasida yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish mexanizmlarini ishlab chiqish borasida amaliy ishlar muhokama etildi.
Shuningdek, hamkorlik doirasida grant loyihalarni amalga oshirish, akademik mobilik, magistratura mutaxassisliklari bo'yicha qo'shma ta'lim dasturini ishlab chiqish masalalari muhokama etilib, kelgusi istiqboldagi rejalar belgilab olindi.
Shundan so'ng, Sergey Mironovich hamda Anastasiya Mixaylovnalar ikki oliygoh o'rtasida faoliyat yuritayotgan loyihalarda ishtirok etayotgan universitetimiz vakillari bilan uchrashib, amalga oshirilayotgan qo'shma ilmiy loyihalarning faoliyatini monitoring qilidilar. Loyiha faoliyatini rivojlantirishda olimlarning sohadagi muammolari va takliflari tinglanib, tegishli chora-tadbirlar belgilandi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI