Bugungi kunda O‘zbekistonning xalqaro doiradagi munosabatlarini har tomonlama rivojlantirish va yangi bosqichga olib chiqish maqsadida xorijiy davlatlar bilan o'tkazilayotgan xalqaro tadbirlar, uchrashuvlar va amaliy muloqotlar o'zaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlamoqda.
Mazkur islohotlar doirasida, bugun, 18-sentyabr kuni Andijon davlat universitetida Andijon viloyati turizm boshqarmasi, Ijtimoiy fanlar kafedrasi hamda Turkiyaning "Akademik tadqiqotlar guruhi" hamkorligida "Hamkorlik — jamiyatni modernizatsiya va rivojlantirishning asosi sifatida" mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi.
Dastlab, tadbir tashkilotchilari xorij va respublikamiz oliy ta'lim muassasalaridan tashrif buyurgan mehmonlar milliy musiqa ohangi ostida tantanali kutib oldi. Anjumanni Andijon viloyati hokimi o'rinbosari Komiljon Komilov kirish soʼzi bilan ochib bergach, oliygohimiz rektori Baxtiyorjon Akbaraliyev iliq fikrlari bilan anjumanni davom ettirdi.
Konferensiya davomida Akademik tadqiqotlar guruhi rahbari, professor Osman Yilmaz, Karabuk universiteti professori Ufuk Karadavut, Nyu-Meksika universiteti professori Yu-Feng, O'zbekiston xotin-qizlar "Olima" uyushmasi raisi R.Murtazayeva, Andijon davlat universiteti professori I.Asqarov va boshqalar ma'ruza o'qidi.
Ma'ruzachilar tomonidan istiqbolda ta'lim va tarixiy tadqiqotlarda, shuningdek, davlat boshqaruvi va san'at sohalarida hamkorliknin amalga oshirish bo'yicha fikrlar va takliflar bildirildi. Konferensiya o'z ishini 11 ta yo'nalishda sho'balarga bo'lingan holda davom ettiradi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI