Andijon Davlat
Universiteti
Quaid-i-Azam universiteti professori oliygohimiz talabalariga ma'ruza o'qidi
2024-09-17    77

Ayni kunlarda Pokistonning Quaid-i-Azam universiteti professori Zafar Muhammad boshchiligida Muhammad Rizvonxon va Salman Majeedlar xalqaro hamkorlik doirasida Andijon davlat universitetida bo'lib turibdi.

Tashrif doirasida professorlar tomonidan universitetimiz professor-o'qituvchilari o'rtasida uchrashuv, master-klass darslari hamda talabalar bilan mashg'ulotlar olib borish belgilangan.

Bugun 17-sentyabr kuni professor Zafar Muhammad Tabiiy fanlar fakultetining ekologiya hamda atrof-muhit muhofazasi mutaxassisliklari magistrantlariga "Biologik resurslardan oqilona foydalanish" mavzusida ma'ruza mashg'ulotlarini o'tdi.

Kun davomida tayanch doktorantlar bilan uchrashuv tashkil etilib, ilmiy izlanishlar olib borish bo'yicha istiqboldagi rejalar kelishib olindi.

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.