Bugun, 17-sentyabr kuni Andijon davlat universitetida Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizamxodjayev bir guruh mahalla faollari, yoshlar yetakchilari hamda talabalar bilan uchrashuv o'tkazdi.
Uchrashuvda dastlab, MSK raisi Zayniddin Nizamxodjayev tomonidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda mahalliy Kengashlar deputatlari saylovining o‘ziga xos xususiyatlari, saylov jarayonlarida o‘zini o‘zi boshqarish organlaridan ishtirok etuvchi kuzatuvchilarning huquq va majburiyatlari, saylov tizimida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar yuzasidan so‘z yuritildi.
Shundan so'ng, oktyabr oyida o'tkaziladigan milliy saylov tizimiga joriy etilgan yangi “E-Saylov” axborot tizimi va uning qulayliklari haqida ma'lumotlar berildi. Mazkur uchrashuvda Andijon davlat universitet jamoasi ham faol ishtirok etib, saylov qonunchiligi va jarayonlari yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI