Andijon Davlat
Universiteti
Andijon davlat universiteti rektori rahbarligida navbatdagi “Rektor soati” o'tkazildi
2024-09-16    127

Bugun, 16-sentyabr kuni Andijon davlat universitetining katta majlislar zalida universitet rektori Baxtiyorjon Akbaraliyev raisligida 2024/2025-o'quv yilini samarali tashkil etish yuzasidan “Rektorlik soati” bo'lib o'tdi.

Unda ta'lim muassasamiz prorektorlari, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari hamda bo‘lim boshliqlari ishtirok etdi.

Dastlab, rektor oliygohda ijro intizomini mustahkamlash, ta’lim sifatini yanada yaxshilash va haftaning dushanba kuni belgilangan tartibda “Rektorlik soati”ni o'tkazilishi bo'yicha ma'lumot berdi.

Yig'ilishda kun tartibidagi masalalar, jumladan, talabalarni turar joy bilan ta'minlashda amalga oshirilayotgan ishlar, birinchi bosqich talabalarini dars mashg'ulotlaridagi faolligi, yakuniy davlat attestatsiya sinovlarini qayta topshirishni tashkil etish va o'tkazish kabi masalalar muhokama etildi.

Yig'ilish so'nggida qatnashchilarning bildirilgan takliflari asosida haftalik rejalar belgilab olindi.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.