Bugun, 15-sentyabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov oliy ta'lim muassasalarida barpo etilayotgan yangi o'quv binolar hamda talabalar turar joylarining qurilish ishlarini o'rganish maqsadida xizmat safari bilan Andijon viloyatida bo'lib turibdi.
Dastlab, vazir oʻrinbosari S.Buzrukxonov Andijon davlat universiteti hududida 1800 o'ringa mo'ljallangan, zamonaviy texnologiyalar bilan barpo etilayotgan yangi o'quv binoning qurilish ishlari bilan tanishdi.
Shundan so‘ng, yangi oʻquv binodagi zamonaviy o'quv xonalar, laboratoriyalarni ko‘zdan kechirib, binoda talabalar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish yuzasidan universitet masʼullari bilan fikr almashildi.
O'rganishlar davomida vazir o'rinbosari o'quv binoni jahon standartlari asosida talabalarning ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda qurilishni belgilangan vaqtda sifatli yakunlash bo‘yicha masʼullarga tegishli ko‘rsatmalarni berdi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI