Andijon Davlat
Universiteti
"Tovarlar kimyosi hamda xalq tabobati muammolari va istiqbollari" mavzusida XI xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o'tkazildi
2024-09-11    246

Bugun, 11-sentyabr kuni Andijon davlat universitetida kimyo kafedrasi tashabbusi bilan xorij hamda respublikamiz professorlari ishtirokida "Tovarlar kimyosi hamda xalq tabobati muammolari va istiqbollari" mavzusida XI xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo'lib o'tdi.

Konferensiyani universitetimiz rektori Baxtiyorjon Akbaraliyev ochib berdi. Shundan so'ng, ma'ruzachilar o'z nutqi bilan davom etdi. Dastlab, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan ixtirochi, kimyo fanlari doktori, professor I.Asqarov "Tovarlar kimyosi va xalq tabobati ixtisosliklari mustaqillikning fan ravnaqi mahsuli" mavzusida so'z yuritgach, tashrif buyurgan professorlar: N.Mamasoliyev, J.Mirraximov, G'.Hamraqulov. N.Fattoxov kabilar dolzarb mavzularga bag'ishlangan ma'ruzalari bilan ishtirok etdi.

Anjuman davomida xorijdan tashrif buyurgan professorlar tibbiyotga oid yangi izlanishlar, yangiliklar bilan o'rtoqlashdi. Jumladan, professor Mahmud Zafar (Pokiston) “A Biotechnological Approach for Advancing Circular Economy in Food Security and Sustainability” mavzusida nutq so'zladi.

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.