Andijon Davlat
Universiteti
Rektor birinchi bosqich talabalarga “Mustaqillik darslari”ni olib bordi
2024-09-09    209

Bugun, 9-sentyabr kuni Andijon davlat universiteti rektori Baxtiyorjon Akbaraliyev birinchi bosqichga qabul qilingan talabalarga "Bir bo'lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!" mavzusida mustaqillik dars mashg'ulotlarini o'tkazdi.

Rektori o'z ma'ruzasida so'nggi yillarda mamlakatimizda ta'lim tizmida amalga oshirilgan keng ko'lamli islohotlar, 33 yillik tariximiz davomida qо‘lga kiritilgan yutuqlar, Prezidentimiz rahbarligida xalqning farovon hayotini ta’minlashda olib borilayotgan keng kо‘lamli islohotlar tо‘g‘risida atroflicha ma’lumotlar berdi.

Universitet rektori tomonidan olib borilgan ma'ruza mashg'ulotlari talaba-yoshlarning ongida chuqur iz qoldirib, ularni yangi o‘quv yilida muvaffaqiyatli faoliyat yuritishga undadi.

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.