Bugun, 9-sentyabr kuni Andijon davlat universitetida 2024/2025-o’quv yili boshlanishi munosabati bilan “Bir bo'lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida tantanali tadbir bo’lib o’tdi.
Tantanali marosimda universitret rektori Baxtiyorjon Akbaraliyev, prorektorlar, bo’lim boshliqlari, dekanlar, kafedra mudirlari, talabalar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.
Tadbir avvalida O'zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangradi. Madhiya sadolaridan so‘ng, Andijon viloyati hokimi Shuxratbek Abdurahmonov o‘z nutqida mamlakatimizdagi tinchlik-osoyishtalik, taʼlim tizimidagi islohotlar xususida soʻz yuritib, barcha talabalarni yangi o'quv yili bilan qizg'in tabrikladi.
Tadbir davomida so'z olgan universitet rektori, Baxtiyorjon Bakirovich hamda oliygoh professorlari barchani yangi o’quv yili boshlanganligi bilan samimiy qutlab, ta'lim sohasida olib borilayotgan islohotlar to'g'risida so'z yuritdilar.
Tadbirda iqtidorli yoshlar tomonidan Vatan madhini tarannum etuvchi she'rlar hamda go'zal kuy-qo'shiqlar ijro etildi. Marosim so‘nggida viloyat rahbari hamda universitet rektori oliygohni mazkur yilda tamomlagan bitiruvchilar tomonidan yangi qabul qilingan talabalarga universitetining ramziy kaliti topshirildi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI