Bugun, 5-sentyabr kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Andijon viloyati oliy ta'lim muassasalari hamkorligida viloyatdagi qator davlat oliy ta’lim muassasalari bo‘ylab press-tur tashkil etildi.
Unda 20 dan ziyod jurnalist, bloger, ommaviy axborot vositalari (OAV) vakillari va jamoatchilik kengashi a’zolari ishtirok etdi.
Press-tur o‘z ishini universitet bosh o'quv binosida faoliyat yuritayotgan "Registrator ofisi" hamda “Talabalar turar joylari va ijara xonadonlari bo‘yicha ma’lumotlar markazi” faoliyatini o'rganishdan boshladi.
Jarayon davomida jurnalist, bloger va OAV vakillari “Talabalar turar joylari va ijara xonadonlari bo‘yicha ma’lumotlar markazi”da faoliyat ko'rsatayotgan mas'ullar, tyutorlar bilan turar joyga muhtoj talabalarning yotoqxona va ijara xonadonlari bilan ta’minlanishi hamda yotoqxonalarda yaratilgan qulayliklar bo'yicha suhbat olib bordi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI