Andijon Davlat
Universiteti
29-umumta’lim maktabida birinchi qoʻngʻiroq sadolari jarangladi
2024-09-04    115

Bugun, 4-sentyabr kuni Andijon tumanidagi 29-umumta’lim maktabida “Bir bo'lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida “Bilimlar kuni”ga bagʻishlangan tadbir tashkil etildi.

 

Unda Andijon davlat universitet rektori Baxtiyorjon Akbaraliyev boshchiligida oliygohimiz mas’ullari ishtirok etdi.

 

Tantanali marosimda universitet rektori B.Akbaraliyev so'z olib, barcha ustozlar va o'quvchilarni O‘zbekistonimiz mustaqilligining 33 yillik bayrami hamda boshlanayotgan yangi o‘quv yili bilan samimiy tabriklab, maktab kutubxonasi uchun jahon va o'zbek adabiyotiga oid badiiy kitoblarni sovg'a qildi.

 

Tadbir yakunida universitet rektori maktab ostonasiga ilk bor qadam qo‘yayotgan o'quvchi-yoshlarga Prezident sovg'alari (maktab o‘quv qurollari jamlanmasi) tantanali topshirildi.

 

Shundan so'ng, yangi o'quv yilining ilk kuni “Mustaqillik darsi” bilan davom etdi.

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.