Andijon Davlat
Universiteti
Andijon davlat universiteti Talabalar turar joylarining yangi o‘quv yilida talabalarni qabul qilishga tayyorgarligi yuzasidan MA'LUMOT
2024-08-29    201

Andijon davlat universitetida 6 ta talabalar turar joylari mavjud bo‘lib, shundan, 5 ta TTJ binolari (1-, 2-, 3-, 5- sonli va DXSH sonli TTJlar) Andijon shahar, Universitet ko‘chasi 129-uyda va 1 ta bino (4-sonli TTJ) Jalaquduq tumani Navoiy ko‘chasida joylashgan. 2024/2025-o‘quv yilidan ehtiyojni qondirish maqsadida ikki qavatli krovatlar hisobiga qo‘shimcha o‘rinlar yaratilib, jami 3352 ta o‘ringa yetkazilgan. TTJda yashovchi talabalarga sharoit yaratish maqsadida jami 787 ta yashash xonalari mavjud. Shundan 2-TTJ 1-qavati 40 o‘rin nogiron va imkoniyati cheklangan talabalar uchun ajratilgan xonalardan iborat. Bundan tashqari 27 ta yuvinish, 20 ta hojatxona, 30 ta kir yuvish, 20 ta dazmollash, 10 ta oshxona, mavjud.

Talabalar turar joylarining barchasi joriy ta’mirlash ishlari nihoyasiga yetkazilib, xonalar, yo‘laklarning ta’mirlandi va jihozlandi, dezinfeksiya qilindi, ikki qavatli yotoqlar, mebellar o‘rnatildi, kir yuvish, quritish, yuvinish xonalari, hojatxona, besh muhim tashabbus xonalari to‘liq ish holatiga keltirildi.

Har bir talabalar turar joyining o‘quv va kompyuter zallarida hamda fakultetlardagi axborot-resurs markazining axborot-kutubxonalarida jami 18 joyda barcha ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar uchun QR-kodli kitoblar jamlanmasi doskalari mavjud. QR-kodli kitoblar jamlanmasi doskasini tashkil qilishda universitetning professor-o‘qituvchilari, talabalarini badiiy, ilmiy, siyosiy va o‘quv adabiyotlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish hamda axborot-resurs markazi sayti, axborot-resurs markazining raqamli adabiyotlar bazalari, fakultetlarda tashkil qilingan Telegram kanallariga a’zo qilish va internetdan samarali foydalanishni rivojlantirish maqsad qilib qo‘yilgan. Shu asosda QR-kodli kitoblar jamlanmasi doskasi orqali foydalanuvchilar o‘z smartfonlari orqali adabiyotlarni ko‘chirib olish va o‘qish imkoniyati yaratilgan.

Bundan tashqari, Andijon davlat universitetining 1-sonli, 2-sonli- sonli talabalar turar joylari binolarida ham axborot resurs markazining talabalar turar joylaridagi filiallari mavjud.

Talabalar turar joyining binolari yashash xonalari, madaniy dam olish xonalari mebellar bilan jihozlangan. Binolarning har qavatida  oshxona mavjud bo‘lib, har bir oshxonada 2 ta 4- kaforkali elektroplita, 2 ta ikki kamerali sovutgich o‘rnatilgan va xonalarni tozalash uchun changyutkich elektr jihozlari bilan ta’minlangan. Oshxonalar stol va stullar bilan jihozlangan. Oshxonalar sanitariya gigiyena talablariga to‘la javob beradi. 

Ayni paytda universitetga yangi qabul qilingan 1-kurs, 2-kurs va yuqori kurs talabalaridan jami jami 1843 ta onlayn ariza kelib tushgan bo‘lib billing.edu.uz platformasi orqali ustuvorliklar bo‘yicha 1262 nafar talabaga yotoqxonaga joylashtirish uchun yo‘llanmalar berilgan bo‘lib, qolgan talabalarning arizalarini ham platforma orqali ko‘rib chiqib qabul qilish ishlari davom ettirilmoqda.

2-kurs talabalardan 594 nafar, yuqori kurs talabalari ya’ni 3, 4-kurs talabalardan esa 568 ta onlayn arizalar kelib tushgan bo‘lib ushbu arizalarning barchasi billing.edu.uz platformasi orqali ijobiy qabul qilinib yo‘llanmalar berilgan. Hozirda ushbu yo‘llanma olgan talabalarning barchasiga xonalar ajratilgan va joylashtirish ishlari jadal suratda olib borilmoqda.

 

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.