Andijon Davlat
Universiteti
Andijon davlat universitetida 2024/2025-o'quv yilidagi 1-sonli Kengash yig'ilishi o'tkazildi
2024-08-28    357

Bugun, 28-avgust kuni Andijon davlat universitetining katta majlislar zalida universitet rektori Baxtiyorjon Akbaraliyev raisligida 2024/2025-o'quv yilidagi 1-sonli Kengash yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Yig'ilish avvalida universitet rektori Prezident farmon va qarorlari, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Hay'at qarorlari va buyruqlari bilan Kengash a’zolarini tanishtirdi va tegishli hujjatlarni ijrosini ta’minlash, topshiriqlar ijrosini nazorat qilish va jamoalarni ham qonunchilikdagi yangiliklar bilan tanishtirib borishni mas'ullarga vazifa qilib belgiladi.

Shundan so’ng, kun tartibidagi masalalar ko'rib chiqildi. Jumladan, 2024/2025-o‘quv yili uchun o‘quv-me'yoriy hujjatlarni tasdiqlash va yuritilish tartibi, yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik koʻrish hamda ishlarini samarali tashkil etish, talabalar turar joyi to‘lovidan imtiyozga ega bo‘lgan talabalarni ozod qilish, Andijon davlat universitetining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklariga davlat kvotasidan tashqari to‘lov kontrakt summasini belgilash bo'yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi hisobotlar tinglandi va tahlil qilindi.

Yig'ilish so'nggida Kengash a'zolarining savol va takliflari muhokama etildi va shu bo'yicha istiqbolda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar belgilab olindi.

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.