Andijon Davlat
Universiteti
Yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi
2024-08-27    64

Bugun, 27-avgust kuni Andijon davlat universiteti rektori Baxtiyorjon Akbaraliyev raisligida kafedra mudirlari, professor-o'qituvchilar ishtirokida yangi 2024/2025-oʻquv yiliga tayyorgarlik koʻrish, ishlarini samarali tashkil etish bo‘yicha yig'ilish bo'lib o'tdi.

Yig'ilish avvalida rektor tomonidan oʻquv soatlari va dars jadvallarini oʻquv jarayoni boshlangunga qadar taqsimlanganligi, oʻquv hamda laboratoriya xonalarini shay holatga kelganligi, taʼlim jarayonini samarali tashkil etish, talaba-yoshlar yangi oʻquv yilida hech qanday muammoga duch kelmasligiga zamin yaratish masalalari atroflicha oʻrganildi.

Yig'ilish davomida ishtirokchilarning yangi o'quv yilini samarali tashkil qilish yuzasidan takliflari, fikr-mulohazalari tinglandi va bildirilgan takliflar asosida kelgusida istiqboldagi rejalar belgilanib olindi.

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.