Bugun respublikamizning barcha hududlarida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirish maqsadida “Mahalla obod — yurt obod” shiori ostida an’anaviy umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda.
Shu munosabat bilan, erta tongdan Andijon davlat universitetida ham mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik normalariga qat’iy rioya etgan holda universitet rektori Baxtiyorjon Akbaraliyev boshchiligida xayriya hashari tashkil etildi.
Umumxalq xayriya hasharida oliygohimizning barcha professor-o'qituvchilari hamda xodimlari faol ishtirok etib, binolar va ularning atrofini tozalash, daraxtlarni butash va oqlash hamda ish joylarini tartibga keltirish ishlari amalga oshirildi.
O‘zaro hamjihatlik, inoqlik asosida tashkil etilgan xayriya hashari natijasida universitet ozoda, shinam va obod holga keltirildi. Ko‘tarinki kayfiyat va yuqori uyushqoqlik bilan tashkil etilgan hashar jamoamizni yanada birlashtirdi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI