Andijon davlat universitetida talabalarga qulaylik yaratish, ularni ijara xonadonlari va talabalar turar joyiga tez va qulay joylashtirish maqsadida "Talabalar turar joylari va ijara xonadonlari bo‘yicha ma’lumotlar markazi” tashkil etilib, ushbu markazda bir guruh volontyorlar oʻz faoliyatini olib bormoqda.
Bugun, 22-avgust kuni Andijon davlat universiteti rektori Baxtiyorjon Bakirovich mazkur markazning faoliyati, bundagi qulayliklar bilan tanishib, shu kunga qadar amalga oshirilgan ishlarni ko'zdan kechirdi.
O'rganish davomida talabalarning ota-onalari va yaqinlari bilan uchrashib, ta’lim hamda qabuldagi ijobiy o‘zgarishlar, markaz faoliyati to‘g'risida suhbatlashdi.
Eslatib o'tamiz, talabalar turar joylari hamda ijara xonadonlariga joylashmoqchi boʻlgan talabalar 10-sentyabr sanasiga qadar ushbu markazga murojaat qilishlari mumkin.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI