Andijon Davlat
Universiteti
Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar uchun suhbat jarayonlari boshlandi
2024-08-16    201

Ayni kunlarda respublikamizning barcha hududlarida texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga suhbat asosida o‘qishga qabul qilish jarayonlari o'tkazilmoqda.

 

Bugun, 16-avgust kuni texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlab, Andijon davlat universitetiga hujjat topshirgan abituriyentlarni o'qishga qabul qilish uchun suhbat jarayonlarining dastlabki kuni boshlandi.

 

Talabgorlar uchun suhbat jarayonlari kafedralarning mas'ul professor-o'qituvchilari va soha mutaxassislari tomonidan olib borilmoqda. Imtihonlarni shaffof va adolatli o'tishini korrupsiya bo'limi xodimlari nazorat qilmoqda.

 

Ma'lumot o'rnida, bugungi sinovlarda jami 18 nafar talabgor “Kompyuter injiniringi: AT-servis” ta’lim yo‘nalishi bo’yicha suhbat jarayonlarida ishtirok etishi belgilangan.

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.