Andijon Davlat
Universiteti
Xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan o'qishni ko'chirish istagida bo'lgan talabgorlar uchun ijodiy imtihonlar boshlandi
2024-08-16    131

Bugun, 16-avgust kuni Andijon davlat universitetida xorijiy va nodavlat OTMlardan o'qishni ko'chirish bo'yicha alohida iqtidor talab qiladigan ta'lim yoʻnalishlariga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlar bo'lib o'tmoqda.

Bugungi imtihonlarda 5 ta taʼlim yoʻnalishi boʻyicha jami 57 nafar talabgor imtihon topshirishi belgilangan. Oʻtkazilayotgan imtihonlarni yanada shaffof va adolatli oʻtkazishda universitetning korrupsiyaga qarshi kurashish bo'limi hamda mas'ullar nazorat qilib bormoqda.

Talabgorlarning ota-onalari va barcha yaqinlari uchun imtihon jarayonlarini universitetda o‘rnatilgan katta monitor hamda live.adu.uz platformasi orqali jonli efirda kuzatib borish imkoniyati yaratilgan.

Abituriyentlar uchun kerakli qulayliklar yaratilgan bo'lib, jarayonga ichki ishlar xodimlari hamda malakali tibbiyot xodimlari jalb qilingan.

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.