Andijon Davlat
Universiteti
Rektor huzurida yangi o‘quv yiliga bag‘ishlangan navbatdagi kengaytirilgan yig‘ilish o'tkazildi
2024-08-07    75

Bugun, 7-avgust kuni Andijon davlat universitetining faollar zalida universitet rektori Baxtiyorjon Akbaraliyev boshchiligida yangi o'quv yiliga tayyorgarlik ishlarini sifatli tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fakultet dekanlari, kafedra mudirlari hamda bo'lim boshliqlari ishtirokida kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig'ilish avvalida oliygoh rahbari B.Akbaraliyev ta'lim sohasida qabul qilingan qonunlar va ularda belgilangan vazifalarga to'xtalib, universitetda amalga oshirilayotgan islohotlar, yangi 2024/2025-o'quv yiliga tayyorgarlik yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar natijadorligi boʻyicha ma'lumotlar berdi.

Shundan so'ng, o'quv yili yakuni, yangi o'quv yiliga tayyorgarlik ishlari, tashkil etilishi belgilangan "Registrator ofisi" loyihasi va universitetdagi fakultetlar tarkibiy tuzilmasi yig'ilish qatnashchilari ishtirokida muhokama etildi.

Yig'ilish davomida ishtirokchilarning fikr-mulohazalari tinglandi va bildirilgan takliflar asnosida kelgusida istiqboldagi ustuvor vazifalar belgilanib olindi.

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.