Andijon Davlat
Universiteti
Kuban davlat universiteti bilan hamkorlik aloqalari yo'lga qo'yildi
2024-08-01    139

Bugun,1- avgust kuni Rossiya Federatsiyasining Krasnodar shahridan iqtisodiyot, san'at, turizm ta'lim sohasi vakillaridan iborat delegatsiya a'zolari Andijon davlat universitetiga tashrif buyurdi.

 

Dastlab, zoom platformasi orqali ikki oliygoh rektorlari Baxtiyor Bakirovich hamda Mixail Borisovich o'rtasida hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga qaratilgan onlayn uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuvda universitetlar oʻrtasida akademik hamda ilmiy sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, taʼlim sifatini oshirishga qaratilgan qator loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

 

Shundan soʻng, oliygoh rahbarlari tomonidan kelgusida qoʻshma taʼlim dasturlari asosida kadrlar tayyorlash, professor-oʻqituvchilar malakasini oshirish va amaliyotlar tashkil etish, talabalar almashinuvini yoʻlga qoʻyish bo'yicha hamkorlik shartnomasi imzolandi. Imzolangan yangi hujjatlar ta'lim sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlanishiga va ko'plab loyihalarni amalga oshirishda dasturulamal bo'lib xizmat qiladi.

 

Uchrashuv yakunida rektorlar o‘zlarining esdalik sovg‘alarini bir-birlariga taqdim qildilar.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.