Andijon Davlat
Universiteti
Rektor hamda sirtqi yo'nalishi talabalari ishtirokida uchrashuvlar davom etmoqda
2024-07-27    95

Bugun, 27-iyul kuni Andijon davlat universiteti rektori Baxtiyorjon Akbaraliyev mas'ullar ishtirokida belgilangan grafik asosida 2023/2024-o‘quv yilida yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlariga qo'yilmagan va imtihonlardan o‘ta olmagan talabalar bilan uchrashuv o'tkazdi.

 

Dastlab, universitet rektori B.Akbaraliyev yakuniy davlat attestatsiyasi sinovini qayta topshirish tartibi yuzasidan batafsil ma'lumotlar berdi.

 

Uchrashuv davomida oliygoh rahbari talabalarning fikr-mulohazalari, takliflarini tinglab, mazkur masala yuzasidan atroflicha izohlar berdi. Ochiq muloqot tarzida tashkil etilgan ushbu uchrashuvda talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javob oldilar.

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.