Andijon Davlat
Universiteti
Rasmiy munosabat
2024-07-21    293

Joriy yilning 21-iyul kuni telegram ijtimoiy tarmog‘idagi kanal orqali berilgan murojaatga munosabat:

Andijon davlat universiteti ushbu masala yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi:

Bu holat iyun oyi boshida kuzatilgan. Unda 2023/2024-o‘quv yilini tamomlayotgan, to‘lov-shartnomasidan qarzdorligi mavjud bo‘lgan talabalarga Yakuniy davlat imtihoni o‘tkazilishi belgilangan sanaga qadar qarzdorlikni bartaraf etish bo‘yicha topshiriq berilgan edi.

Talabalar tomonidan qarzdorliklarni aniqlash jarayonida universitet hisobxonasida tartibsizlik yuzaga kelgan. Mazkur jarayon rahbariyat tomonidan o‘sha zahotiyoq nazoratga olinib, tizimli ravishda jarayonga "Qalqon" jamoatchilik guruhi va universitet profilaktika inspektori jalb qilindi. Shundan so‘ng bunday holat kuzatilgani yo‘q.

❗️Eslatma: Agar, shu kabi muammolarga duch kelsangiz universitet axborot xizmatining @adu_uz_bot iga murojaat qilishingizni so‘raymiz.

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.