Bugun, 23-iyul kuni Andijon davlat universiteti rektori Baxtiyorjon Akbaraliyev Tarix fakultetida yangi o'quv yiliga tayyorgarlik ishlari, professor-o'qituvchilar hamda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, binoning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatlarini o’rganish maqsadida universitetning asosiy hududida joylashgan ming o'rinli tarix binosida bo'ldi.
Dastlab, B.Akbaraliyev mas'ullar ishtirokida o'quv binodagi auditoriyalar, axborot texnologiya va ma'muriy xonalarni ko‘zdan kechirib, fakultet mas'ullariga aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatda bartaraf etish yuzasidan taklif va tavsiyalarni berdi.
O’rganishlar davomida universitet rektori ertangi kun egalari bo‘lgan yoshlarni tarbiyalashga mas’ul bo‘lgan barcha professor-o‘qituvchilarni yangicha metodlar orqali dars jarayonlarini sifatli tashkil etish, fakultetda talaba-yoshlar uchun kerakli barcha sharoitlarni yaratish bo’yicha mas'ullarga aniq topshiriqlarni belgilab berdi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI