Bugun, 22-iyul kuni Andijon davlat universiteti rektori Baxtiyorjon Akbaraliyev mas'ullar ishtirokida belgilangan grafik asosida ikki smenada 2023/2024-o‘quv yilida yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlariga qo'yilmagan va imtihonlardan o‘ta olmagan talabalar bilan uchrashuv o'tkazdi.
Mazkur uchrashuvda O'quv ishlari bo'yicha prorektor, Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi, Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo'limi rahbarlari hamda Tasviriy san'at va muhandislik grafikasi, Musiqa ta'limi, Texnologik ta'lim va Maktabgacha ta'lim yo'nalishining bitiruvchi bosqich talabalari ishtirok etdi.
Dastlab, universitet rektori B.Akbaraliyev yakuniy davlat attestatsiyasi sinovini qayta topshirish tartibi yuzasidan batafsil ma'lumotlar berdi.
Uchrashuv davomida oliygoh rahbari talabalarning fikr-mulohazalari, takliflarini tinglab, mazkur masala yuzasidan atroflicha izohlar berdi. Ochiq muloqot tarzida tashkil etilgan ushbu uchrashuvda talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javob oldilar.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI