Andijon Davlat
Universiteti
Rasmiy munosabat
2024-07-16    311

Joriy yilning 16-iyul kuni telegram ijtimoiy tarmog‘idagi kanal orqali berilgan murojaatga munosabat:

Andijon davlat universiteti ushbu masala yuzasidan quyidagilarni ma'lum qiladi:

Vazirlar Mahkamasining 226-son qaroriga muvofiq, bakalavriat bosqichi talabalari uchun O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari 1-sentabrdan boshlab bir o'quv yili mobaynida belgilangan miqdorda tayinlanadi va to'lab beriladi.

Mazkur qarorga asosan, Andijon davlat universitetida tahsil olayotgan 16 nafar nomli stipendiya oluvchi talabalarga belgilangan tartibda stipendiyalar to'liq to'lab berilmoqda. Iyul-avgust oylarida ham to'lab beriladi, faqat talaba stipendiya olish davrida oliy talim muassasasi talabasi bo'lishi lozim.

Eslatma: Agar, shu kabi muammolarga duch kelsangiz yoki qo‘shimcha savollar bo‘lsa universitet rektorining @anddu_rektori_bot va
universitet axborot xizmatining @adu_uz_bot lariga murojaat qilishingizni so'raymiz.

Andijon davlat universiteti
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.