Andijon Davlat
Universiteti
MARHAMATGA SAFAR
2018-05-10    7334

Universitetimizning pedagogika fakulteti ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha dekan o'rinbosari  Qamardin Nuriddinov, ma'naviy ishlar boʻyicha prorektor A'zamjon Xamraqulov, Kaziyeva Turg'unoy, fakultet yoshlar ittifoqi yetakchisi Ilhomjon Boltaboyev va BTSTI yo'nalishining birinchi kurs talabalari   Marhamatga safar uyushtirdilar.

Marhamatning diqqatga  sazovar joylarini kezish maqsadida, birinchi galda O'zbekiston xalq shoiri tug'ilib o'sgan Qovunchi qishlogʻida bo'ldilar. Dastavval shoir istiqomat qilgan honadonga qadam ranjida qilishib, shoir o'qigan 52-umumta'lim maktabida bo'lishib, soʻng Muhammad Yusuf dafn etilgan "G'isht mozor" da marhumlar haqqiqga duo o'qidilar.

Hushmanzara, hushhavo Marhamatning shifobaxsh suvi, dorivor giyohlari talabalarda katta qiziqish uygʻotdi.

Ham sayohat ham ziyorat sifatidagi ushbu  safar ustozlar va talabalarga bir olam zavq ulashdi.

Bunday madaniy hordiqlar o'z navbatida ish va taʼlim samaradorligini oshirishga hizmat qiladi.

Diloromoy ISMANOVA
Pedagogika fakulteti talabasi
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.