Andijon davlat universiteti rektori Baxtiyor Bakirovich mas'ullar ishtirokida professor-o'qituvchi va talaba-yoshlarga yaratilgan shart-sharoitlarni hamda yangi o'quv yiliga tayyorgarlik holatlarini o'rganish maqsadida Jalaquduq tumanidagi Axborot texnologiyalari va kompyuter injiniringi fakultetida bo'ldi.
Dastlab, rektor fakultet jamoasini doimiy jismoniy tarbiya va sport bilan shug'ullanishlari uchun hududdagi mini-futbol, voleybol, basketbol maydonlarini qayta ta'mirlash ishlari tizimli tashkil etilganligi, fakultetlardagi kafedra va auditoriyalarda professor-o’qituvchilarga hamda talabalarga yaratilgan sharoitlarni ko'zdan kechirdi.
Rektor o‘rganish jarayonida, hududda joylashgan to'rtinchi talabalar turar joyining oshxonasi, sanitariya, ma'naviy xordiq chiqarish xonalarini ko‘zdan kechirib, fakultet dekani va dekan o'rinbosarlari bilan suhbatlashdi. Suhbat jarayonida bildirilgan takliflarni takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha topshiriqlar va takliflarni berdi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI