Bugun, 12-iyul kuni Andijon davlat universitetining kichik majlislar zalida universitet rektori Baxtiyorjon Akbaraliyev raisligida bo'lim boshliqlari, fakultet dekanlari hamda dekan o'rinbosarlari ishtirokida 2023/2024-o'quv yili yakuniga bag'ishlangan tanqidiy-tahliliy yig'ilish o'tkazildi.
Yig'ilish avvalida universitet rektori B.Akbaraliyevni tegishli hujjatlarning ijrosini ta’minlash, shartnoma asosida tahsil olayotgan talabalarni shartnoma qarzdorligini tez orada bartaraf etish hamda universitetni muvaffaqiyatli tamomlagan talabalarga diplomlarni tez orada topshirish yuzasidan hisoboti tinglandi.
Shuningdek yig'ilishda oliygoh rahbari barcha mas'ullarga 2024/2025-o‘quv yiliga puxta tayyorgarlik ko'rish, o‘quv auditoriyalari moddiy texnik bazalarini yana bir bor ko‘zdan kechirish, o'quv qo'llanmalar, darsliklar va boshqa me'yoriy hujjatlarni shay holatga keltirib, belgilangan barcha vazifalarni o‘z vaqtida bajarishlari bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berdi.
Yig'ilish davomida bo'lim boshliqlari hamda dekanlarning sohaga oid ishlarni yaxshilash yuzasidan takliflari, fikr-mulohazalari tinglandi va rektor tomonidan mas'ullarga oldida turgan asosiy vazifalari bo'yicha istiqboldagi rejalar belgilab berildi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI