Andijon Davlat
Universiteti
Universitet rektori mahallalardan biriktirilgan yoshlar holidan xabar oldi
2024-07-11    237

Bugun, 11-iyul kuni Andijon davlat universiteti rektori Baxtiyorjon Akbaraliyev Qo’rg’ontepa tumanidagi Mirzo Ulug'bek, Mustaqillik, Mustaqillikning 15 yilligi MFYda bo‘lib, o‘ziga biriktirilgan yoshlar bilan uchrashdi. 

 

Rektor xonadonlarga tashrif buyurib, yoshlarning turmush tarzi, yashash sharoitlari bilan tanishdi. Ularning orzu-maqsadlari, muammo va takliflarini tinglab, manzilli ishlashni davom ettirish va jamiyatda o‘z o‘rnini topishi uchun yoshlarga keng imkoniyatlar yaratish borasida kerakli tavsiyalarni berdi.

 

Shuningdek, universitet tomonidan Mirzo Ulug'bek MFY da istiqomat qilayotgan ikki nafar maktab bitiruvchilarini zamonaviy kasbga yo'naltirish maqsadida bir yillik kompyuter savodxonligi IT kursi shartnoma pullari to'lab berildi.

 

Uchrashuv doirasida oliygoh rahbari tomonidan yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish, ish bilan ta’minlash, boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish uchun aniq va manzilli ishlar olib borish boʻyicha vazifalar belgilandi. Yoshlarning kundalik ehtiyojlari uchun zarur hisoblangan qimmatbaho sovg'alarni topshirdi.

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.