Andijon Davlat
Universiteti
Qabul-2024: Andijon davlat universitetida kasbiy (ijodiy) imtihonlar davom etmoqda
2024-07-09    159

Andijon davlat universitetida 2024/2025-oʻquv yili uchun alohida iqtidor talab etiladigan taʼlim yoʻnalishlariga kasbiy (ijodiy) imtihonlar boʻlib oʻtmoqda.

Bugun, 9-iyul kuni belgilangan grafik asosida sport faoliyati: futbol, kurash hamda voleybol yoʻnalishlarining kunduzgi ta'lim shakliga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun ijodiy imtihonlar o‘tkazilmoqda.

Imtihon oʻtkaziladigan hududlar toʻliq kamera kuzatuvida va live.adu.uz sayti orqali real vaqt rejimida kuzatish imkoniyati yaratilgan. Abituriyentlarning ota-onalariga universitetning katta majlislar zalida kutish zali tashkil etilgan bo‘lib, ushbu zalda o‘rnatilgan katta monitor orqali imtihon jarayonlarini to'g'ridan-to'g'ri kuzatib borishlari uchun qulay sharoit yaratilgan.

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.