Mamlakatimizda yo‘l-transport hodisalarining oldini olishga qaratilayotgan alohida e’tibor inson hayotini asrashdek olijanob maqsadlarga va Fuqarolar hayoti xamda sog‘lig‘ini muhofaza etish, ularning huquq hamda manfaatlari, yuridik va jismoniy shaxslarning mulki, atrof-muhitni himoya qilishda muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda.
KO‘ChA VA YO‘LLARDA O‘ZINI QANDAY TUTIShI LOZIM ?
Piyodalarga: yo‘lakchalarda va maxsus piyodalar yo‘lkasida yurishga ruxsat etiladi. Shunday joylar bo‘lmasa, yo‘l chekkasidan yoki velosiped yo‘lkasidan harakatlaning. O‘ng tarafdan, mashinalar yo‘nalishi bo‘yicha harakatlaning. Unutmang! Transport vositalari oqimiga qarab, chap tomondan yurish xavfsiz hisoblanadi. Piyodalar trotuardan yoki piyodalar yo‘lkasidan, ular bo‘lmaganda esa yo‘l yoqasidan yurishlari kerak .
Yo‘lovchilarning majburiyatlari: Yo‘lovchilar transport vositasiga faqat u to‘la to‘xtagan-dan so‘ng trotuar yoki yo‘l yoqasi tomondan chiqishga va tushishga majburdirlar. Yo‘lovchilarning transport vositalaridan trotuar yoki yo‘l yoqasi tomondan tushishi yoki ularga chiqishining iloji bo‘lmagan hollarda, agar bu harakat xavf tug‘dirmasa yoki boshqa yo‘l harakati qatnashchilariga xalaqit bermasa yo‘lning qatnov qismi tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Yo‘lovchilarga quyidagilar taqiqlanadi: transport vositasi harakatlanayotgan vaqtda haydovchini boshqarishdan chalg‘itish va unga xalaqit berish; harakatlanayotgan bortli yuk avtomobillarida tik turish, bortlarda yoki undan yuqoridagi yuk ustida o‘tirish; transport vositasi harakatlanayotgan vaqtda uning eshiklarini ochish; transport vositasi harakatlanayotgan vaqtda salondan tana qismlarini (qo‘ldan tashqari) chiqarish.
Yo‘llarda harakatlanayotgan piyodalarga quyidagilar ta’qiqlandi:
Piyodalar o‘tish joylaridan kesib o‘tayotganda diqqatni chalg‘ituvchi narsalar: jumladan, mobil telefon, planshetdan foydalanish, tele-video mahsulotlari ko‘rish, radio va audio, ya’ni musiqa eshitish, kitob, gazeta-jurnal o‘qish yoki elektron vositalaridan foydalanishi.
«Yo‘l qoidasi - umr foydasi», deya bejiz aytilmaydi.
JAMOAT TRANSPORTIDA: Transport vositasiga chiqishda: Transport vositalarini bekatlarda kuting, yo‘lning transport vositasi qatnaydigan qismiga chiqmang. Avtobus, trolleybus, tramvay va boshqa transport vositalariga ular batamom to‘xtagandan so‘ng chiqing. Jamoat transportiga chiqish orqa eshikdan, tushish esa old eshikdan amalga oshiriladi. Avtobus, trolleybus, tramvayga ular harakatlanayotgan paytda sakrab chiqmang, orqasiga osilmang, zinapoyalarida turmang.
KO‘ChA VA YO‘LLARDAN O‘TISh. Yo‘lning transport vositasi qatnaydigan qismini, faqat yer osti va yer usti o‘tish joylaridan va "Piyodalarning o‘tish joyi" belgisi mavjud joylardan kesib o‘ting. Bunda o‘zingizni erkin tutib avtomototransport vositalari yo‘qligiga ishonch hosil qilib, ko‘cha va yo‘lni tik perpendikulyar holda kesib o‘ting.
JAMOAT TRANSPORT SALONIDA: Salonga kirgan zahoti, o‘rtasiga o‘tib oling, chiqish maydonchalarida to‘xtab turmang. Keksa odamlarga, nogiron va yosh bolali yo‘lovchilarga joy bering. Jamoat transportida shovqin qilmang va baland ovozda so‘zlashmang. Haydovchini ishidan chalg‘itmang. Oynalardan boshingizni chiqarmang. Agar chiqish bekatingiz yaqinlashib qolgan bo‘lsa, avvalroq harakat qilib chiqishga hozirlik ko‘ring.
TRANSPORTDAN TUSHISHDA: Transport vositasi batamom to‘xtab bo‘lgandan so‘ng tushing. Tramvaydan tushib, transport qatnaydigan joyda turib qolmang va avval o‘ng tomonga qarab yaqinlashib kelayotgan transport vositasi bo‘lmasa, yo‘lkadan yuring. Avtobusning yoki trolleybusning orqasidan, Tramvayning oldidan o‘ting.
AVARIYA HOLLARIDA AVTOBUSDAN CHIQISH: 1. Eshik; 2. shamollatish tuynuklari;
- halokatdan chiqish uchun mo‘ljallangan derazalar.
METRO. METROGA KIRAVERISHDA: Aylanma g‘ov(turniket) orqali bepul o‘tishga urinmang: bu xavfli (tabaqalarning zarb bilan urishi jarohatga olib kelishi mumkin). Birinchi xavfli joy - aylanma g‘ov.
ESKALATORDA: Ogoh, xushmuomala va ehtiyotkor bo‘ling. Shovqin qilmang va baland ovozda so‘zlashmang. Eskalatorda yugurmang, uning harakatiga qarshi turmang, tutqich hamda zinalarga buyumlarni qo‘ymang va o‘tirib olmang. Eskalatordan tushayotganda to‘xtab qolmang, tiqilinch holatni yuzaga keltirmang. Tezlik oshib ketsa yoki eskalator yaroqsiz holatga kelsa, tezda boshqa eskalatorga o‘tib oling. Tangalar va boshqa mayda jismlarni eskalatorga tashlamang. 1-chi xavfli joy-aylanma g‘ov. 2-chi xavfli joy-eskalator.
PLATFORMADA: Platforma chekkasiga yaqinlashmang, belgilangan chegaradan o‘tmang. Poyezd batamom to‘xtamaguncha vagonlar yoniga yaqinlashmang. Relsga tushib qolgan narsani o‘zboshimchalik bilan ko‘tarmang, stansiyadagi navbatchini chaqiring.
VAGONDA: Agar poyezd yer osti yo‘lida (tunelda) to‘xtab qolsa, metropoliten xodimlari va mashinist ko‘rsatmalarini bajaring. YElkangizdagi og‘ir sumka yoki rukzakni tushiring. Har qanday xavfli holatda poyezd haydovchisi bilan tezkor aloqani vaqtinchi o‘rnatib, tugmani bosib, vagon xavfli joy raqamini, shoshilmasdan nima voqea bo‘lganini tushintiring.
Jamoat transportida, metroda yurganda ogoh bo‘ling! Egasiz qoldirilgan sumka, paket va boshqa narsalarni ko‘rganda shu zahoti ichki ishlar xodimlariga yoki poyezd mashinistiga xabar bering. Shu narsalar ichida portlovchi moddalar bo‘lishi mumkin. Qo‘lingiz bilan tegmang, atrofda turgan odamlarni xavf haqida ogoh qiling.
Uchinchi xavfli joy-perron (platforma).
AVTOMOBILDA: Avtomobilga o‘tirgach, xavfsizlik kamarini taqib oling. Avtomobilda o‘t o‘chiruvchi moslama va dorilar turadigan quticha qayerda joylashganligini eslab qoling. Harakatlanish vaqtida ogoh bo‘lib, diqqat bilan yo‘lni kuzatib boring.
TEMIR YO‘LDA: Temir yo‘llarda, ayniqsa, temir yo‘l kesishmalarida, ogohlantirish belgilari qo‘yilgan joylarda yurmang. Poyezdlar tagiga kirmang, piyodalar ko‘priklari va o‘tish joylaridan foydalaning. Poyezd kelishi arafasida, platforma chekkasida turmang va yugurmang. Poyezd batamom to‘xtamaguncha vagon oynalaridan boshingizni chiqarmang. Poyezd harakatlangan vaqtda tamburning tashqi eshiklarini ochmang va sakrab tushmang.
TA’TILDA: Ko‘chaga chiqishdan oldin, ushbu xavfsizlik qoidalarini to‘liq o‘qib, o‘rganing:
Bemaqsad ko‘chaga chiqmang. Mahallalarda, dahalarda transport harakatiga xalaqit bermang, o‘z xavfsizligingizni ta’minlang. Sihatgohlarga, Oromgohlarga va boshqa dam olish maskanlariga borishda ushbu xavfsizlik qoidalariga to‘liq rioya qiling. Ko‘cha va yo‘llarda yurish qoidalarini o‘rganing va amalda bajaring.
ISHXONADA: Transport vositasiga chiqishda yuqoridagi talablarni to‘liq bajaring. Yo‘l harakati qoidalarini qunt bilan o‘rganing va uni o‘zgalarga ham o‘rgating. Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish qoidalarini o‘rganing va ularni amalda biling.
BIRINCHI YORDAM: Tinchlik va tana jarohatlangan qismining harakatsizligini ta’minlash, tez yordamni chaqiring. Shikastlangan odamning boshini qaysi holatda uchratgan bo‘lsangiz, shu holicha ikki tomonidan qo‘llaringiz bilan qimirlamasligini va nafas yo‘llarining o‘tkazuvchanligini ta’minlang. Es-hush va nafas darajasini kuzating. Tashqi qon ketishini to‘xtating. Shikastlangan odamning me’yoriy tana haroratini ta’minlang. Agar shikastlangan odam boshida himoya qalpog‘i bo‘lsa, uni yechmang. Uni shikastlangan odam nafas olmayotgan holdagina yeching. Jarohatlangan joyga sovuq narsa qo‘yish, tananing jarohatlangan qismini bir oz yuqori holatda joylashtirish. Tananing jarohatlangan qismi shina(taxtacha, karton, buklangan jurnallar, ko‘rpa, bint va h.k) bilan mustahkamlanadi.
XAVFSIZLIK HAQIDA YANA BIR ESLATMA:
Agar jamoat transportida qarovsiz yotgan buyum bo‘lsa, atrofdagilardan kimning buyumi ekanligini so‘rang, hech kim javob bermasa, darhol haydovchiga xabar bering. Agar qarovsiz yotgan buyum uy eshigi oldida yoki yo‘lakda bo‘lsa, qo‘ni-qo‘shnilardan kimning buyumi ekanligini so‘rang, egasi topilmasa, darhol ichki ishlar idoralariga yoki 102 ga xabar bering va topilmani ko‘rgan vaqtingizni belgilab qo‘ying. Agar qarovsiz yotgan buyum maktab va maktabgacha bo‘lgan muassasalar binosi ichida bo‘lsa, darhol ma’muriyatga xabar qiling.
Agar qarovsiz yotgan buyum bozorlarda yoki do‘konlarda bo‘lsa, zudlik bilan ma’muriyatga yoki ichki ishlar bo‘linmasiga xabar qiling. Maktab tevarak atrofida transport vositalarining to‘xtashi 150 metr masofada ruxsat etiladi. Bundan yaqin masofada turgan transport vositasi ko‘rsangiz zudlik bilan bino ma’muriyatiga yoki 102 ga xabar qiling.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI