Andijon Davlat
Universiteti
Qabul-2024: Andijon davlat universitetida kasbiy (ijodiy) imtihonlar davom etmoqda
2024-07-08    476

Andijon davlat universitetida 2024/2025-oʻquv yili uchun alohida iqtidor talaba etiladigan taʼlim yoʻnalishlariga kasbiy (ijodiy) imtihonlar boʻlib oʻtmoqda.

 

Bugun, 8-iyul kuni belgilangan grafik asosida sport faoliyati: futbol, kurash, voleybol, vokal san'ati: an'anaviy xonandalik hamda cholg'u ijrochiligi yoʻnalishlarining kunduzgi ta'lim shakliga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun ijodiy imtihonlar o‘tkazilmoqda.

 

Imtihon oʻtkaziladigan hududlar toʻliq kamera kuzatuvida va live.adu.uz sayti orqali real vaqt rejimida kuzatish imkoniyati yaratilgan. Abituriyentlarning ota-onalar uchun universitetning katta majlislar zalida kutish zali tashkil etilgan bo‘lib, ushbu zalda o‘rnatilgan katta monitor orqali imtihon jarayonlarini to'g'ridan-to'g'ri kuzatib borishlari uchun qulay sharoit yaratilgan. Hududda xavfsizlikni taʼminlash uchun IIB hamda tibbiyot xodimlari jalb etilgan.

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.