Andijon Davlat
Universiteti
Qabul-2024: Andijon davlat universitetida kasbiy (ijodiy) imtihonlarning ikkinchi kuni boshlandi
2024-07-06    324

Andijon davlat universitetida 2024/2025-o’quv yili uchun alohida iqtidor talab etiladigan yoʻnalishlar uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlarning ikkinchi kuni boʻlib oʻtmoqda.

 

Bugun, 6-iyul kuni belgilangan grafik asosida sport faoliyati: futbol, belbog'li kurash hamda amaliy san'at: badiiy kulolchilik yoʻnalishlarining kunduzgi ta'lim shakliga hujjat topshirgan abituriyentlarga imtihonlar o'tkazilmoqda.

 

Ijodiy imtihonlarni adolatli va shaffof oʻtkazilishini vazirlikning ishchi guruh a'zolari, universitetning korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens – nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi xodimlari nazorat qilib borishmoqda.

 

Abituriyentlarning ota-onalari imtihon jarayonlarini universitetning katta majlislar zalida o‘rnatilgan katta monitor orqali kuzatib borishmoqda.

 

Abituriyentlarga kerakli qulayliklar yaratilgan, shuningdek, jarayonga milliy gvardiya, ichki ishlar xodimlari hamda malakali tibbiyot xodimlari jalb qilingan.

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.