Joriy yilning 1-3-iyul kunlari Qirg'iziston Respublikasining O'sh shahrida Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) vakolatxonasi hamda turizm va mehmondo'stlik yo'nalishida tayyorlоvchi oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlikda uchrashuv bo'lib o'tdi.
Mazkur uchrashuvda respublikamiz vakillaridan iborat delegatsiya tarkibida Andijon davlat universiteti Iqtisodiyot kafedrasi katta o'qituvchisi Shuhratbek Kamolov hamda magistrant Bahromjon Teshaboyevlar ishtirok etdi.
Tashrif doirasida universitetimiz vakillari O'sh davlat universiteti, Qirg'iz-O'zbek xalqaro universiteti, Rossiya davlat ijtimoiy universitetining O`sh shahridagi filiallari bilan hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlab, turizm sohasidagi hamkorlikni samarali yo'lga qo'yilishi va kadrlar tayyorlash bo'yicha kelishuvlarni amalga oshirdi.
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,Universitet ko'chasi 129-uyE-pochta: agsu_info@edu.uz, anddu@exat.uz Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI