Andijon Davlat
Universiteti
Qabul-2024: Andijon davlat universitetida kasbiy (ijodiy) imtihonlarning birinchi kuni boshlandi
2024-07-05    673

Bugun, 5-iyul kuni Andijon davlat universitetida 2024/2025-o‘quv yili uchun kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha alohida iqtidor talaba qiluvchi ta’lim yo‘nalishlariga kasbiy (ijodiy) imtihonlar boshlandi.

 

Bugungi imtihonlar ikki smenada: 8:00 dan 18:00 gacha sport faoliyati: futbol, badiiy gimnastika hamda rangtasvir (dastgohli) ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha jami 81 nafar abituriyentlarning imtihon topshirishlari belgilangan.

 

Mazkur sinovlarni ochiq, shaffof va adolatli oʻtishi uchun Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining ishchi guruhi a'zolari va mas'ullar nazorat olib bormoqda. Imtihon o‘tkaziladigan hududlar to‘liq kamera kuzatuvida bo'lib, live.adu.uz sayti orqali real vaqt rejimida kuzatish imkoniyati yaratilgan.

 

Abituriyentlarning ota-onalar uchun universitetning katta majlislar zalida kutish zali tashkil etilgan bo‘lib, ushbu zalda o‘rnatilgan katta monitor orqali imtihon jarayonlarini to'g'ridan-to'g'ri kuzatib borishlari uchun qulay sharoit yaratilgan. Universitet hududida xavfsizlikni taʼminlash uchun IIB va tibbiyot xodimlari jalb etilgan.

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.