Andijon Davlat
Universiteti
Rektor o'ziga biriktirilgan yoshlar bilan uchrashdi
2024-06-29    223

Andijon davlat universiteti rektori, Baxtiyorjon Akbaraliyev o'ziga biriktirilgan yoshlar bilan kelgusida individual ishlash, ularni muammolarini aniqlab, manzilli hal etish maqsadida, bugun 29-iyun kuni Qo’rg’ontepa tumanidagi Mirzo Ulug'bek, Mustaqillik, Mustaqillikning 15 yilligi MFYda istiqomat qilayotgan yoshlarni universitetga taklif qildi.

Dastlab, oliygoh rahbari oʻziga biriktirilgan yoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazdi. Samimiy suhbat davomida rektor yoshlarni muammo va takliflarini tinglab, ularni o'zlari qiziqqan hamda orzu qilgan kasbga yo'naltirish, bo'sh vaqtlarini mazmunli va tizimli o'tkazish bo'yicha birma-bir suhbatlashib, kerakli tavsiya va ko'rsatmalarni berdi.

Uchrashuv so'nggida universitet oshxonasida birinchi prorektor bilan bir dasturxon ustida birgalikda tushlik tashkil qilindi.

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.