Andijon Davlat
Universiteti
INSON AZIZ – XOTIRASI MUQADDAS
2018-05-08    6350

Andijon davlat universiteti  Ijtimoiy – iqtisodiyot fakul’teti, Pedagogika va Psixologiya  ta’lim yo‘nalishi talabalarining “9-May Xotira va Qadrlash kuni” munosabati bilan “Inson aziz- xotirasi muqaddas” nomli tadbir o‘tkazildi. Tadbirda Qirgiziston Respublikasi O‘sh davlat universiteti psixologiya fanlari professori  Zakirov Akimjon va  Ulug‘ Vatan urush qatnashchisi Madraximov Mamazulunota va Psixologiya kafedrasining barcha Professor o‘qituvchilari va yo‘nalish talabalari qatnashdilar.

Tadbirni Psixologiya kafedrasi mudiri p.f.n dots M.Xalimova ochib berdi. Tadbir davomida ulug‘ vatan urush qatnashchisi Madraximov Mamazulunota urushning qonli kunlari va sanoqsiz o‘zbek askarlarining xalok bo‘lganligi yurtimizga qo‘lsiz oyoqsiz qaytganligi, urush keltirgan ofatlar hakida so‘zlab berdi.  Tadbirda talabalar tomonidan tayyorlangan  tabriklar, saxna ko‘rinishlari, she’rlar, raqslar namoyish etildi. Shuningdek, 1- Prezidentimiz Islom Abdug‘anievich  Karimov xotirasi yodga olindi va yoshlarga berilgan ishonchi xotirlandi.

Nafisa YULDASHEVA
Psixologiya kafedrasi o‘qituvchisi
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.